O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

  Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston

xalqiga Murojaatnomasidagi muhim iqtiboslar

 

Prezidentimiz 2023 yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar bu tashabbusni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

«Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz?

Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik.

Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi?

Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yahshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz», – dedi davlatimiz rahbari.

«Uy, ishxona, bog‘cha, maktab va ko‘chalarda odamlarimizga energiyaning qadriga yetish, uni tejashni o‘rgatish kerak. Qonunlarimizda ham bu masalalarni mustahkamlash zarur», – dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari gaz zahiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilinishini ta’kidladi.

Bunda, yangi tehnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda (6 kilometrdan ko‘p) gaz qazib chiqarish ishlari boshlanadi.

Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli horijiy investorlar jalb qilinadi.

Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha lisenziyalar qayta ko‘rib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.