Maktab direktorlari munosib   taqdirlandi

Viloyat hokimining tashabbusi bilan Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tgan o‘quv yili mobaynida ta’limda yuqori natijalarga erishgan 21-sonli umumta’lim maktabi direktori Samadov Mamarajab Abduraxmonovich, 33-sonli umumta’lim maktabi direktori Ergashev Eshmamat Toshtemirovich, 49-sonli umumta’lim maktabi direktori Sobir Xudoyqulov, 70-sonli umumta’lim maktabi direktori Normatov Norboy Qultoyevich, 11-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘tiladigan maktab internati direktori Erkin Bobomuradov va 14-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘tiladigan maktab internati direktori Nigora Xaydarova tuman hokimligi tomonidan munosib taqdirlanishdi.

                                                                                               M. Nomozov,

                                                                               tuman Kengashi deputati