Tumanda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayram tadbirlari keng nishonlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni Qumqo‘rg‘on tumanida keng nishonlandi.

Bayram munosabati bilan tumandagi “Yoshlar istirohat bog‘i”da o‘rnatilgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish uchun tuman hokimligi, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar qatnashishdi.

Tadbir ishtirokchilari harbiy orkestr musiqa sadolari ostida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.