Hokim qabuli o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on  tumani hokimi A. Normamatovning  navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda jami 50 nafardan ziyod fuqarolar o‘z muammolari bilan qatnashdi. Ulardan uy-joy, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Muammolar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rildi.

Qabul davomida ayrim murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu murojaatlarning har biri asoslicha o‘rganib chiqiladi va qonuniy yo‘l bilan o‘z yechimini topishi fuqarolarga aytildi. Bu kabi sayyor qabullarning o‘tkazilishi xalqning davlat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.