Ilm chirog‘ning yog‘dularisiz, aziz ustozlar!

Ertamiz davomchilari, ilmga tashna o‘g‘il-qizlarga ta’lim-tarbiya berib, xalqimizning eng bebaho boylik va boqiy merosni unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol  yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar bayrami tumanimiz bo‘ylab keng nishonlandi. Tuman hokimligida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tuman hokimi A.Normamatov barcha O‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan muborakbod etdi. Soha rivoji uchun kamarbasta bo‘lgan ustozlar tuman hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, bashariyat uchun ham, taraqqiyot uchun ham, tamaddun uchun ham faqat bir narsa kerak: bu-ilm, bilim va tafakkur, – dedi tuman hokimi A. Normamatov.  Bayram tadbiri to‘kin dasturxon atrofida, xushovoz xonandalarning  sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlariga ulanib «Navbahor» to‘yxonasida davom etdi. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Ustozlar!

                                                                Rayhon Mengziyayeva