Bahorning ilk kuni mamlakatimizda nazm va navo bayramining nishonlanishi bejiz emas.
O‘z ijodi va mashaqqatli hayot yo‘li, oqila hamda oliyjanobligi bilan o‘zbek ayollarining yorqin timsoliga aylangan Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi tumandagi 21-maktabda ham keng nishonlandi.
Zulfiyaxonimning boy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, shoiraning vafo va sadoqatni tarannum etuvchi she’r va g‘azallarini o‘quvchi qizlarlar qalbiga jo etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda o‘qituvchilar, o‘quvchilar, chin ma’noda Zulfiyaxonim ijodining muxlislari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Zulfiyaning bahor, nafosat va go‘zallik kuychisi ekanligini qayd etdilar. Maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga hushkayfiyat ulashdi. O‘quvchi qizlar ijrosidagi shoira she’rlaridan iborat mushoira va diltortar kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.
Gavhar Samatova,
21-maktabning o‘qituvchisi