Bolajonlarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi

Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun «Muruvvat» internat uyida tarbiyalanayotgan 146 nafar murg’ak qalblarga quvonch ulashish maqsadida “Mehrim, muruvvatim senga, aziz bolajon!” shiori ostida 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj tarbiyalanuvchi bolajonlariga xayriya sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Tadbirda Qumqo‘rg‘on tuman hokimi Anvar Normamatov, viloyat boshqarma boshlig‘i M.Tog‘ayev va bolalarning ota-onalari ishtirok etdi. Tuman hokimi so‘zga chiqib inson manfaatlari amalda qadr topgan mamlakatimizda savobli va xayrli ishlar yanada ko‘payib borayotganini ta’kidlab, to‘y bolalarga Vatan koriga yaraydigan kamarbasta insonlar bo‘lishlarini tiladi.

Bayram tadbiri tarbiyachilar va bolajonlarning turli xil raqslari bilan davom etdi. Tadbir so‘nggida to‘y bolalarga tuman hokimligining  sovg‘alari topshirildi.

                                                                        Z. Dagarova,

Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun «Muruvvat» internat uyi direktori