KEKSALARGA HURMAT – YOSHLARGA IBRAT

Tumandagi Islomobod mahallasidagi 30-maktabda «Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat» g‘oyasi asosida  «Keksalar haftaligi» doirasida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda maktabgacha va maktab ta`limi bo‘limi mudiri R. Narmuradov, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi B. Abdimo‘minov,  “Buvijonlar maktabi” a`zolari hamda  mahallaning keksa nuroniylari, yoshlar  ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining keksa nuroniylarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklari, “Keksalar haftaligi” doirasida belgilangan chora-tadbirlarda nuroniylarga berilayotgan imkoniyatlar, “Yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rni”  mavzularida fikr almashdilar. Yoshlar keksa nuroniylarning boy tajribalarga ega bo‘lgan hayot yo‘llari bilan tanishdilar, bu kabi tadbirlarni ko‘p o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lishi haqida takliflarini bildirishdi. Tadbir davomida badiiy chiqishlar, ona- Vatanni madh etuvchi she`rlar ijro etildi.

                                         Rayhon Mengziyayeva,

                                      tuman Kengashi deputati