YOLG‘ON XABAR FOSH ETILDI

Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan, shu tumandagi “Navro‘z” mahallasida yashovchi SH. P. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) 2023 yil 30 yanvar kuni soat 9. 56. lar chamasi ichki ishlar organining “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yashash uyi oldida turgan “Jiguli” avtomashinasing bir dona akkumulatorini nama`lum shaxslar o‘girlab ketganligini xabar qildi. Surushtiruv natijasida voqia tavsiloti boshqacha bo‘lganligi aniqlandi. Huquqbuzar avtomashinasi akkumulatorini o‘zi yashash uyiga kiritib qo‘yib ichki ishlar organlari xodimlarini qasddan aldab chaqirgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi 2023 yil 2 iyunda “Oqkamar” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ochiq sayyor sud majlisini o‘tkazib ma`muriy huquqbuzarlik to‘g‘isidagi ishni ko‘rib chiqdi. Hujjatlar, dalillar, fuqaroning qilmishiga iqrorligi va pushaymonligi ayb ish qilinganlini tasdiqladi. Sud qaroriga ko‘ra fuqaro huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, ogohlantirildi.

                                                                                                                   Z. Abdimuratov,

                          Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi devonxona mudiri

             MASTLIK OQIBATI

Sho‘rchi tumani “Olatemir” mahallasida yashovchi F. R. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) mastlikni odat qilgan ekan. U muqaddam ma`muriy javobgarlikka tortilgan edi. Oilali, farzandlarining otasi bo‘lsa ham hech qayerda ishlamadi. Avval ma`muriy javobgarlikka tortiliganidan to‘g‘ri xulosa chiqarmadi. 2023 yil 24 mayda soat 23. 15. lar chamasi Sho‘rchi tuman markazida, ya`ni jamoat joyida spirtli ichimlik iste`mol qilib yurganligi aniqlandi. Sho‘rchi tuman tibbiyot birlashmasi norkologik vrachining 2023 yil 25 maydagi 97-sonli buyrug‘iga asosan mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi bayonnomaga ko‘ra fuqaroning alkogol mastlik holatidaligi tasdig‘ini topdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi 2023 yil 2 iyunda “Oqkamar” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ochiq sayyor sud majlisida bu holatga oid ma`muriy huquqbuzarlik to‘g‘isidagi hujjatlarni ko‘rib chiqdi. Sud huquqbuzarning tushuntirishini tinglab, ishga doir to‘plangan hujjatlarni o‘rgandi. Ushbu holat ma`muriy jinoyat sifatida baholanib, fuqaroga o‘n besh sutka ma`muriy qamoq jazosi ta`yinlandi. Undan qamoq bilan bog‘liq harajatlarga har bir kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foiziga teng so‘m undirilishiga qaror qilindi.

                                                                                                             A. Eshmuratov,                                       

                                      Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi arxivariusi

    SAVDO XIZMATI KO‘RSATISHDA

           XATOLAR ANIQLANDI

         Oltinsoy tumani “Mirshodi” mahallasida yasovchi S. G. (ismi, familiyasi o‘sgartirildi) yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanib firibgarlikka yo‘l qo‘ydi. 2023 yil 12 may kuni Sho‘rchi tumani A. Temur ko‘chasidagi savdo do‘konida xaridorga 15000 so‘mga xarid cheki bermagan. Shu kuni 152000 so‘m naqd pulni nazorat kassasidan o‘tkazmay xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan. Sho‘rchi tuman DSI xodimlari xatoliklarni aniqlab ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudida bu huquqbuzarlik ko‘rilganda yakka tartibdagi tadbirkor xatolarga yo‘l qo‘yganiga iqror bo‘ldi. Sudning qaroriga ko‘ra u huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ogohlantirildi.

                                                                                                                           A. Imomov,                           Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi sudya yordamchisi