KITOBXONLIK RIVOJLANMOQDA

Tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun badiiy adabiyotlar, sohaga oid kitoblarni yetkazib berishda qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerda kitoblarni yaxshi saqlash, tozalik-ozodalikka e`tibor berlimoqda. Abonentlar kitob oqishi uchun 50 o‘rinli oquv zali mavjud. Uylariga olib ketish uchun ham imkoniyat yaratilgan. Masofadan (onlayn) xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, ekektron shakldagi badiiy adabiyotlar ham tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilayapti.

Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida kitobxonlarga kitob o‘qish madaniyatini targ‘ib qilish ucnun turli dolzarb mavzulardagi kitoblar, matbuot nashrlari ko‘rgazmalari, ulug‘ allomalarning iqtiboslari yozilgan pannolar, mashhur shoirlarning portretlari tashkil etilgan. Xodimlar kitob o‘qish uchun kelgan yoshlar va katta yoshdagilarga xushmuomalali munosabatda bo‘lmoqda.

Bu yerda turli mavzularda suhbatlar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilayapti. “Kitob mehr bulog‘i” deb nomlangan, yilning muhim va unutilmas sanalariga bag‘ishlangan qiziqarli turkum tadbirlar kitobxonlar tomonidan e`tirof etilayapti. Bundan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida xonadonlarga borib oilaviy kitobxonlik bo‘yicha targ‘lbot ishlari olib borilayapti.

Z. MAMASOBIROVA,

Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati xizmat rahbari