Paxta hosilini yig‘ib olish mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi

Viloyat hokimi Qumqo‘rg‘on tumanida paxta hosilini yig‘ib olish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

Tumanda 16 035 gektar maydondagi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish maqsadida 180 ta otryad tashkil etilgan, 15 ta maxsus texnika va 223 ta tirkama jalb qilinmoqda. Viloyat hokimi tomonidan otryadlar, jalb qilingan texnikalarning shaylik holati, terimchilar uchun paxta maydonlarida sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Hudud va otryad rahbarlariga yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

                            Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati