Oilalar bilan ishlash va yoshlar ma’naviyatini oshirishda nuroniy otaxon hamda onaxonlarning o’rni beqiyosdir.Qumqo’rg’on tumanidagi «Yangi shahar»mahalla fuqarolar yig’inida «Oilalardagi ijtimoiy – ma’naviy muhitni barqarorlashtirish va yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda nuroniy otaxon va onaxonlarning tutgan o’rni» mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi.Uchrashuvda «Buvijonlar maktabi» jamoatchilik kengashining raisi Ch.Qultoyev,a’zolari A.Toshmuhammedova,R.Mengziyayevalar ishtirok etishdi.Uchrashuv so’nggida mahalla va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish,ajrimlarning oldini olish,yoshlar ayniqsa qizlarni milliy urf-odatlar ruhida tarbiyalashda nuroniy onaxonlar oldida turgan muhim vazifalar va ushbu xayrli ishlarga keng jamoatchilikni jalb qilish yuzasidan tegishli chora – tadbirlar belgilab olindi.
Rayhon Mengziyayeva