TUMANDA BOR “KIOSSK”

Gazeta o‘qish qalb ehtiyoji. Inson tafakkuri zamon yangiliklari, ijtimoiy hayot, ma`naviyat va ma`rifat, salomatlik, sport, savdo, namunali xizmat, biznes, daromad torish usullari haqidagi hamda boshqa  mavzulardagi xabarlar va maqolalarni o‘qib ma`nan boyishni xohlaydi. Ijodkorlarning mazmunli ijodiy ishlari gazeta o‘quvchilarining ehtiyojlarini qondirishga  ko‘p hissa qo‘shadi. Shuning uchun odamlar gazeta o‘qishga intilmoqda.

Tumanimizda ular uchun “Qumqo‘rg‘on sadosi“ gazetasi nashr etilayapti. Hozir obuna mavsumi boshlanib tumandagi yangiliklar, mehnat yutuqlari, ish va turmushning turli jabhalarida zarur bo‘lgan mutaxassislar maslahatlari muntazam yoritilayotgan “Qumqo‘rg‘on sadosi” gazetasiga obuna ishlari amalga oshirilmoqda. Agar siz 2024 yilga bu rangli va mazmunli gazetani yil davomida o‘qishni xohlasangiz tahririyat hisobraqamiga obuna pullaringizni o‘tkazing. Bu sizga arzon va qulay bo‘ladi.

Tuman “Matbuot tarqatuvchi” bo‘limi Qumqo‘g‘on shahrining eng gavjum, ko‘rkam va so‘lim manzilidagi “kiossk”da faoliyat yuritmoqda.  Gazeta o‘qishni dildan yoqtiruvchi ziyolilar, mutaxassislar, nuroniylar va aholiga yaxshi ma`lum bo‘lgan “Matbuot tarqatuvchi” bo‘limida viloyatimiz va respublikamiz gazetalariga, jurnallariga obuna bo‘lish uchun shart-sharoitlar mavjud.

Shuningdek, Qumqo‘rg‘on telekommunikatsiyasi bog‘lammasi binosidagi “Qumqo‘rg‘on pochta bog‘lamasi” xodimlari ham obuna ishlarini amalga oshirmoqda. Katalogda yozilgan gazetalar va jurnallardan o‘zimizga yoqadigan, o‘qishni xohlaydiganini tanlab pullarini to‘lasangiz obunangiz hujjat asosida qayd etiladi.

 Hozir ayni payti 2024 yildagi yangilillardan xabarsiz qolmay desangiz, o‘qib vaqtingizni chog‘, mazmunli o‘tkazay desangiz obuna bo‘ling.

                                                                                        N. MUHAMMADIYEV