PAXTAZOR XABARLARI

Paxtakorlarning paxta yetishtirish tajribasi oshdi. Ular har bir tup g‘o‘zada hosil nishonalarining ko‘payishiga, bo‘liq ko‘saklarning asosiy qismida paxtalar lo‘ppi-lo‘ppi bo‘lib ochilgach yig‘ib-terishga odatlandi. Tabiatning maftunkor g‘ozalligi bo‘lgan oppoq paxtalar terimchilarni o‘ziga jalb etayapti. Paxtakorlar go‘yo bu go‘zalliklarni tez va ko‘p terib olishga intilayatgandek ko‘rinadi. G‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishi natijasida etaklarga solinayotgan paxtalar tez ko‘paymoqda. Misqoldan kilogrammlar, tonnalar hosil bo‘layapti.

Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari dalalarda paxta terayotgan paxtakorlarga kuch, madad bag‘ishlamoqda. Ijodiy-badiiy jamoa san`atkorlari paxtazorlarga borib terimchilar uchun konsert dasturlarini namoyish etayapti. Xalqimizning “Yaxshi dam mehnatda hamdam” degan mazmundor, hikmatli maqolidan anglaganimizdek paxtakorlar maroqli hordiq chiqarayapti. Kuy-qo‘shiqlarni tinglab, raqslarga tushayapti. Yaxshi kayfiyatda yig‘im-terim ishlarini avj oldirayapti.

Tuman madaniyat bo‘limining ijodiy-madaniy jamoasi Yangiyer mahallasidagi “Xolmat Lapasov” fermer xo‘jaligi, Yangiqishloq mahallasidagi “O‘rol Himmatovich” fermer xo‘jaligi paxta dalalariga borib konsert dasturlarini manzur etdi. Terimchilarga yaxshi kayfiyat ulashdi. Ularga 2023 yilgi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan terib shartnoma rejasini bajarish uchun sidqidildan kuy-qo‘shiqlarini bag‘ishladi.

                                  N. MUHAMMADIYEV