Bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari (DXM) aholi uchun muhim va kerakli bo‘lgan davlat xizmatlarini olishi mumkin bo‘lgan joyga aylanishga ulgurdi.
Davlat xizmatlari markazining asosiy vazifalari:
-jismoniy va yuridik shaxslarga «Yagona darcha» prinsipi bo‘yicha hamda olis hududlarga chiqqanida davlat xizmatini ko‘rsatish,
-xizmatlar servisining yuqori sifati, tezkorligi, ochiqligi, qulayligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash, byurokratiya, ovoragarchilik va boshqa me’moriy to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik,
-uyushmalararo hamkorlik, hujjatlar va axborotlarni vaqtida yetkazishni ta’minlovchi elektron hamkorlikni amalga oshirish,
-davlat xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va maslahat yordamlarini taklif etish,
-vakillikli davlat uyushmalari va boshqa tashkilotlar bilan qonun hujjatlari va hokimchilik reglamentlar talablariga amal qilinishini ta’minlash hisoblanadi.
Davlat xizmatlari markazlari davlat xizmatlari ko’rsatishning sakkiz tamoili asosida faoliyat yuritmoqda.
Murojaatchi – doimo haqdir. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari har doim murojaatchining savolini to‘g‘ri shakllantirishda yordam beradi va unga malakali javob qaytaradi.
Davlat xizmatini ko‘rsatishda eng muhimi – professionallik. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Ular o‘z ishlarini bilishadi, hujjatlar bilan e`tiborli va aniqlik bilan ishlashadi, shuningdek mijozlarga bajonidil maslahatlar berishadi.
Tinglash, tushunib eshitish va yordam berish. “Har bir murojaatchi va uning talablari o‘ziga xosdir” degan tushuncha bilan murojaatchilarni tinglaydi, tushunib eshitadi va ularga yordam beradi. Chunki, har qanday qonun-hujjatlar insonlar muammolarining barcha qirralarini qamrab olish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, xodimning vazifasi – har bir mijozning holatiga kira bilishdir.
Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish. Davlat xizmatlari markazlarining har bir xodimi mamlakatimiz rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug`vor g`oyasini so`zsiz amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shu sababli, davlat xizmatlarini ko‘rsatish – davlat xizmatlari markazlari xodimlari uchun nafaqat kasb, balki sharaf hamdir.
Nilufar Nazarova,
Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
Davlat idoralari xalqimiz xizmatida
Turli byurokratik to‘siqlarni oldini olish, korrupsion holatlarga barham berish, xalqimizning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oqlash Davlat xizmatlari markazlarining maqsadiga aylangan. Davlat xizmatlari markazlarining tashkil etilganiga qisqa muddat bo‘lgan bo‘lsada shu muddat ichida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni, shuningdek aholining Davlat xizmatlari markazlariga bo‘lgan oqimi ham sezilarli darajada oshdi.
Bundan uch yil avval Markazlar orqali 30 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 150 dan ortdi. Joriy yilda ushbu xizmatlar sonini 200 taga yetkazish ko‘zda tutilgan. Afsuski, yaratilayotgan bu qulaylik va yengilliklar haqida fuqarolarimizning aksariyati yetarli ma`lumotga ega emas. Shu sababli ham haligacha turli idoralarga uchrab, sarson bo‘lmoqda yoki firibgarlikning tuzog‘iga ilinmoqda. Yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari partali yani my.gov.uz saytida mavjud xizmatlarni olish uchun bir necha kilometrlab yo‘l bosishga, yana navbat kutishga majbur bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi vakillari ham Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga xamda“ Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oyasiga asosan aholi bilan ishlashning mahallabay tizimini yaratildi. Adliya boshqarmasi endilikda boshqarma tasarrufidagi barcha Davlat xizmatlari markazlari hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari xodimlari har bir mahallaga borib, xonadonma xonadon yurib, fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish bilan birga, ularni qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, Markaz xodimlari o‘sha yerning o‘zida sayyor xizmatlar ko‘rsatmoqda.
Mahallabay ishlash tizimi aholining Davlat xizmatlari markazlariga bo‘lgan xolis fikrini o‘rganish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash orqali faoliyatimizni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, xalqimizning davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish imkonini ham beradi. Mana shularni inobatga olib, joylarda Markaz va FHDYO bo‘limlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Ular mahallalar kesimida uyma-uy yurib fuqarolarga huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish bilan birga maxsus avtobusda fuqarolardan murojaatlar qabul qilib, o‘sha yerning o‘zida davlat xizmatlarini ko‘rsatishmoqda.
Bundan tashqari aholiga yengillk yaratish maqsadida tuman markazidan uzoqda joylashgan hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, davlat xizmatlari markazining filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bunda asosiy e’tibor aholiga yengillik yaratish, ularning vaqtini tejash, navbat kutib qolish holatlarini kamaytirishga qaratildi va ushbu maqsadlar uchun filiallar zamonaviy kompyuter va sifatli internet bilan to‘liq ta’minlandi.
Oyjamol Xasanova,
Sho‘rchi tuman davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi