Nogironlik nafaqasi kimlarga tayinlanadi?

Nogironlik nafaqasini olish huquqiga  yoshidan qat`iy nazar Qonunda belgilangan shartlarga va me`yorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.

Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armaning “Pensiya” axborot tizimiga yuborilgan elektron ma`lumotlari asosida “proaktiv shakl”da tayinlanadi.

Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armaning “Pensiya” axborot tizimiga yuborilgan elektron ma`lumotlar asosida tayinlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot tariqasida:

• I-guruh nogironlik nafaqasi miqdori – 833 750 so‘m;

• II-guruh nogironlik nafaqasi miqdori – 747 000 so‘mni tashkil qiladi.

                                                                        M. QORAXONOV,

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i