KITOB – MA`NAVIYATIMIZ ASOSI

Kitob inson uchun muqaddas bilim manbai. Boshlang‘ich sinf oqituvchisining sabot bilan darslarda mavzularni o‘rgatishi natijasida o‘quvchilar o‘qish va yozishni bilgan. Bilimdon bo‘lib mustaqil hayotga qadam qo‘yganki, kitoblarni o‘qishni kanda qilmaydi.

Mehnat faoliyatida, turmush kechirishda, salomatligini saqlashda, huquqlarining muhofaza etilishida, bilimlarni va tartib-qoidalarni yaxshi bilishi uchun kitoblarni qo‘lga oladi. O‘zi zarur deb bilgan, tafakkurni rivojlantirib, faoliyatni yaxshilovchi nashriyotlarning nashrlarini o‘qiydi. Odamlar kitoblardan zarur bilimlarni ko‘p o‘qiganki kitoblar haqida to‘lqinlanib gapirishayapti. Kitob mutolaasi, kitobxonlikni rivojlantirish, kitob nashr qilish davlat siyosati darajasida amalga tadbiq etilmoqda. Bu muhim tadbir insonlarning diqqat-e`tiborini o‘ziga jalb qilib faoliyati uchun juda asqotadigan adabiyotlarni mutolaa qilishni targ‘ib etayapti.

Kitoblarga to‘g‘ri munosabat, ularni saqlash, avaylab-asrash insonlarning burchi. Kitoblarni saqlashning ham o‘z tartibi bor. Kutubxonalarda, axborot-kutubxona markazlarida, axborot-resurs markazlarida kitoblarni saqlash me`yorlariga amal qilinayapti. Kutubxonachilar kitoblarni saqlash uchun kerakli ishlarni bajarib uzoq muddat foydalanishni ta`minlayapti.

Shu o‘rinda haqli savollar paydo bo‘ladi. Fuqarolar kitoblarni saqlash uchun amal qiladigan zarur me`yorlarni biladimi? Adabiyotlarni saqlash uchun nima ish qilish kerak? Buning uchun, albatta, mutaxassis maslahatini bilib, amal qilinsa yaxshi bo‘ladi. Kitoblarni saqlash va unga ishlov berish uchun yaxshi e`tibor berib, faol mehnat qilish zarur. Kitob javonlari, deraza tokchalari, pol, kitoblarning muqovasi va ichki betlari toza-ozoda saqlanadi. Tozalik kunlarida, hatto dam olish kunlarida pol yaxshilab yuviladi. Jihozlardagi, kitoblardagi changlar artiladi. Kitoblarning ichida hashoratlarning ko‘payishi, qog‘ozlari sarg‘ayib, yirtilishi, foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolishining oldini oladi. Shuning uchun shaxsiy kitob javonlarida kitoblarni saqlashda ham tozalik va ozodalikka rioya qilish zarur. Uy bekalari, oila a`zolari kitoblarni yaxshi saqlasa ma`naviyatimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.

Kitobga munosabat bu – mulkka munosabat. Insonlar tafakkurini rivojlantiruvchi kitoblar aql-zakovat mahsuli. Ularni nashr etish, kutubxonalarga keltirish uchun mablag‘lar harajat qilinadi. Pul harajat qilib sotib olgan kitoblar yaxshi saqlansa avlodlar o‘qib bilimli bo‘ladi. Kundalik turmushda, mehnat faoliyatida, hayotning turli jabhalarida qo‘llab quvonarli natijalarga erishiladi.

                                                                                N. MUHAMMADIYEV