KO‘RGAZMALI MEHNATYARMARKASI

“Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘ida sektor rahbarlari tashabbusi bilan yoshlarning bandligini ta`minlash bo‘yicha mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashkilotlar, muassasalar, xususiy korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxatini ma`lum qildi. Jami 430 ta bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashishni xohlovchilarga kerakli shart-sharoitlar yaratildi.

Shundan 283 tasi oliy ma`lumotli mutazassislar uchun bo‘lib, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta`limi, banklarga ishga taklif etildi. 147 nafar o‘rta maxsus ma`lumotli kadrlar uchun ham ish o‘rinlari mavjud. Bu mehnat yarmarkasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo filiali mutaxassislari qatnashib, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Germaniya, Turkiya, Isroil davlatlariga ham ishga yuborish imkoniyati mavjudligini e`lon qildi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Surxondaryo filiali yetakchi mutaxassisi Kamol Ismoilov ishga borishni xohlovchilarga bu davlatlar bilan tuzilgan me`morandum, ishga jo‘natish tartibi haqida tushuntirdi.

Mehnat yarmarkasida tashkilotlar, muassasalar, korxonalar tomonidan ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ish jaroyonlari, mehnat yutuqlari, namunali ishlash uchun zarur bo‘ladigan yangi texnikalar, qandolatchilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi texnikalari, tikuvchilik dastgohlari, sun`iy urug‘lantirish, chorvachilik va veterinariya sohalari bo‘yicha ko‘rgazmalar namoyish qilindi.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma`rifat” ko‘rik-tanlovi ham qiziqarli bo‘ldi. 1-10 sinflarning o‘quvchilari tasviriy san`at yo‘nalishida qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Ularning chizgan rasmlari baholanib, I, II, III o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar aniqlandi.

                                                                                                  O‘z muxbirimiz