Yangi O‘zbekistonda yangi tahrirdagi konstitutsiya

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilindi. Qonunga asosan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi. Konstitutsiyaviy qonun referendum yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e`lon qilingan kundan e`tiboran 2023 yil 1 mayda kuchga kirdi. Konstitutsiya normalari tegishli qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat`iy nazar to‘g‘ridin-to‘g‘ri amal qiladi.

Asosiy qonunimizning 65 foizi xalqimiz takliflari asosida yangilandi.

O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat 434 ta yangi normalar kiritildi.

IKKINCHI BO‘LIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI

V bob. Umumiy qoidalar. 19-21-moddalar.

19-modda. O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume`tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e`tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e`tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat`iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar. 25-35-moddalar.

25-modda. Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.

27-modda. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

28-modda. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

VIII bob.Siyosiy huquqlar. 36-40-moddalar.

36-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.

37-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. Davlat xizmatini o‘tash bilan bo‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.

38-modda. Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.

39-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari  kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

40-modda.Har kim o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shahslarga  yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat  qilish huquqiga ega.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda  va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.

Xulosa o’rnida ushbu yangi tahrirdagi Bosh Qomusimiz Konistitutsiyamizda O’zbekiston- ijtimoiy huquqiy davlat inson huquq va erkinliklari ustuvorligi ta`minlanib har bir moddasida o‘z aksini topgan.

               R. TO‘XTAYEV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri