FUQAROLARNINGTASHABBUSLARI INOBATGAOLINDI

Tumanimiz bo‘yicha 2023-yil iyul-sentabr oylarida o‘tkazilgan tashabbusli buyudjet jarayoni 2-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalar ma`lum bo‘ldi. Sherobod kanalidan Bag‘aro mahallasiga tomorqa suvi tortish uchun 8476 ovoz to‘planib g‘olib deb topildi. Shunga asosan nosos o‘rnatish, 4000 metrga 300 mm palatelit quvur qurish ishlari bajariladi. Paxtaobod mahallasidagi Serquyosh, Chinoz, Istiqlol yo‘li ko‘chalarini yozda chang, qishda loy bo‘lganligi sababli 3,5 kilometr uzunlikda asfaltlash uchun 8437 ta ovoz yig‘ildi. Yangi qishloq mahalla fuqarolar yig‘inining Tadbirkorlar va Yangi qishloq ko‘chalariga 2 kilometr asfalt qoplamasi yotqizish uchun 8061 ta, Yangiobod mahallasi Yangi yo‘l ko‘chasi 4 kilometr qismini asfaltlashga 7975 ta ovoz berildi. Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini Qizilqoya qishlog‘ida ichimlik suvi yoki oqava suvi bilan ta`minlashga 7901 ta ovoz qayd etildi. Bu loyihalarning har biri uchun 1320000000 so‘m ajratiladi. Tuman bo‘yicha jami 5 ta taklif g‘olib chiqdi. Ularga jami 6600000000 so‘m beriladi.

                                                                                                      U. JUMAYEV,

                                  tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimi