AKSARIYAT FERMER XO‘JALIKLARI SHARTNOMANI BAJARDI

Bu yil qishloq xo‘jaligi xodimlari, sohalarida mehnat qilayotgan tumandoshlarimiz faol ishladi. Pillakorlar va g‘allakorlar yillik shartnoma rejalarini bajardi. Ulardan o‘rnak olib g‘ayrat va shijoat bilan ishlagan paxtakorlar dalalarda mo‘l hosil yetishtirdi. Paxtalarni qisqa muddatlarda terib, shartnoma rejalarini bajarayotgan fermer xo‘jaliklarning soni tobora ortib bormoqda. Paxta shtabidan olingan ma`lumotga qaraganda, hozirgacha 153 ta fermer xo‘jaligi  yillik davondan oshdi. Ular qabul punktiga topshirgan paxtasi ahdiga yarasha ulkan xirmonni bunyod etdi. Fermerlar shartnoma rejalarini bajarib yuzlari yorug‘ bo‘ldi. Xolmat Lapasov, Shahnoza Muhabbat, Rahmonali Sharifjon, Aziza Asal Jasmina, Guliston MNZ, Elabod Ziyosi, Ashur Mamarajab, Obod tola 777 fermer xo‘jaliklari 45 sentnerdan yuqori hosildorlikka erishdi.

         Fermer xo‘jaliklarida erishlayotgan yutuqlar tuman paxtakorlarining xirmonini yuksaltirmoqda. Tuman bo‘yicha qabul punktlariga kuniga 4 foiz miqdorida paxta hosili topshirilayapti. Mavsum boshidan buyon yillik shartnoma rejasining 91 foizi miqdorida paxta topshirdi. Ahdiga sodiq paxtakorlar yana sanoqli kunlarda g‘alaba marrasiga yetadi.

                                                                                           N. MUHAMMADIYEV