Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Qumqo‘rg‘on tumani 1-sektor hududi “Ulug‘bek” mahallasida navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi Anvar Normamatov va muammolariga yechim izlab kelgan yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bir qator muammolar aytib o‘tildi. Xususan, ish bilan ta’minlash, o‘qish uchun kontrakt pulini to‘lab berish, uy-joy olish uchun moddiy yordam, imtiyozli kredit olish, subsidiya olish kabi murojaatlari yo‘llandi.

Mazkur uchrashuvda muammolariga yechim izlab kelgan bir qator yoshlarning murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar tuman hokimi tomonidan nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.