Qumqo‘rg‘on tumanida Iyun oyida ijtimoiy-iqtisodiy  ahvoli og‘ir mahallalarda obodonlashtirilgan ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda tuman tashkilotlari bilan birgalikda 2023 yil iyun oyida obodonlashtiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘ir Yangi avlod, Arpapoya, Cho‘kirli,  Yangi hayot mahallalarida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Jumladan, 14,5 km ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi, 36 ta simyog‘och ustunlari almashtirildi. 2309 ta gaz ballonlar fuqarolarga yetqazib berildi, 1 dona ichimlik suvi nasozi o‘rnatildi, 2 ta qabriston  obodonlashtirildi, 1159 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 16 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, protez-ortepediya vositalari  va qo‘ltiq tayyoqlar tarqatildi, 408 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar berildi, 9 ta o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan yordamga muhtoj oilalarning xonadonlari ta`mirlandi,  1770 nafar fuqarolarning xonadonlari obodonlashtirildi.    55,41 km masofada ariqlar tozalandi, 4 ta maktab,  4 ta MTT,  4 ta tibbiyot muassasalariga qarashli QVPlar obodonlashtirildi.

               R. To‘xtaev,

Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi mudiri