“Besh tashabbus olimpiadasi” ning ikkinchi mavsumiga start berildi

Qumqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 5 tashabbus olimpiadasi ikkinchi mavsumining maktab bosqichi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni maktab direktori E. Ergashev ochib berdi va o‘quvchilarga musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etishini ta`kidladi. Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumida «Quvnoq startlar», «Yengil atletika» va  «Zakovat» musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbir so‘nggida musobaqada g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar keyingi bosqich uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi va maktab ma’muriyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.