Jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz

Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, “mahallabay” tamoyili asosida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishi, shubhasiz.

Qumqo’rg’on tumani “Surxon sohili” mahallasida tuman hokimi Anvar Normamatov tomonidan hududda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Maqsadimiz jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish, avvalo, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasiga mas’ullik har bir fuqaroning burchi, vazifasi bo‘lmog‘i shart-deydi tuman hokimi Anvar Normamatov.

Tadbir davomida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.