Samarqandga sayohat

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi hamda Neft va gaz sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta`minoti filialining bir guruh mehnat jamoasi a`zolari Samarqand viloyatiga sayohat qilishdi. Ular uzaytirilgan bayram kunlari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, me`moriy obyektlari va qadimiy yodgorliklar, madrasa va maqbaralar, zamonaviy qurilish obyektlarida bo‘lib, unitilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Yaxshi dam – mehnatga hamdam, deydi xalqimiz. Bu ayni haqiqat. Korxonamiz ma`muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan uyushtirilgan sayohat davomida qadimiy va hamisha navqiron Samarqand ta`rifiga til ojiz. Аzim shahar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish uchun bu yerga, albatta, tashrif buyurish lozim. Bejizga bu ko‘hna kent borib ko‘rish shart bo‘lgan dunyodagi 50 ta shahardan biri sifatida e`tirof etilgani yo‘q ekan. Ushbu shaharga ilk bora tashrif buyurdim. Hududning o‘ziga xos madaniy merosi, boy o‘tmishi, bugungi qiyofasi rosti, mening havas va hayratimni oshirdi. Shu jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan yaqinda qurib bitkazilgan “Boqiy shahar” majmuasida ham qadim va navqiron Samarqandning ko‘p asrlik tarixi jamlangan. Majmuada milliy hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi choyxonalar, Chorsu sharq bozori, milliy liboslar galereyasi, kutubxona kabi obyektlar joy olganligiga ham borib ko‘rib guvohi bo‘ldik. Mahobatli bu yodgorliklarni ulug‘ ajdodlarimiz shon-shuhratini ko‘z-ko‘z qilishi barobarida har bir Vatandoshimiz qalbida faxr va iftixor baxsh etadi, – deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta`minoti filiali xodimi Utkir Аzizov.

Sayohatchilar ushbu qadamjolarni ziyorat qilib bir olam taassurot bilan qaytishdi. Ular dillariga bir olam quvonch baxsh etgan sayohat uchun filial rahbaryati va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati