YOSHLARGA IJTIMOIY YORDAMLAR BERILDI

Yoshlar bugunimiz, ertamiz, kelajagimiz. Davlatimiz yosh avlod uchun shart-sharoitlar yaratishga e`tiborimizni qaratib, amalga oshirishimiz zarur bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Biz yoshlarga taalluqli masalalarni hal etmoqdamiz. Shu kunlarda Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Yoshlar daftari” hisobidan 100 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy ta`lim tashkilotlari o‘quvchi talabalarning to‘lov kontrakt summasining bir qismi, ya`ni jami 154 300 000 so‘m to‘landi.

Umuman 2023 yilning o‘tgan davrida 2273 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, hozirgacha 1624 nafariga 20 turdagi ijtimoiy yordam berildi. Bunda 24 nafariga dehqon ho‘jaligi yuritishi uchun auksion asosida 10 yil muddatga yer ajratildi. 198 nafariga imtiyozli kredit ajratildi. 38 nafari doimiy ishga joylashtirildi. 395 nafar yoshga davolanish harajatlari, talaba yoshlarning to‘lov kontraktlari to‘landi. 76 nafar yoshlarga subsidiya asosida mehnat qurollari va asbob-uskunalar berildi. 13 nafar yoshga safarbarlik chaqiruv rezervi mablag‘lari to‘landi. 33 nafar yoshlarning haydovchilik guvohnomasi o‘qitish harajatlari, 322 nafar yoshlarga fuqarolik pasporti badali harajatlari to‘landi. Bundan tashqari, boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.

Hozir mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga ro‘yatdan o‘tish boshlandi. Mazkur olimpiada bu yil sentyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi. Bunda ichki ishlar vaziri kubogi uchun voleybol, bosh prokuror kubogi uchun kurash, milliy va zamonaviy ijrochilik tanlovi, gimnastika, Yosh kitobxon tanlovi, “Zakovot” intellektual o‘yini, nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida paralimpiya sport musobaqalari o‘tkaziladi. Ushbu musobaqalarda mahallalardagi 14-30 yoshli barcha toifadagi yoshlar qatnashishi mumkin. Musobaqa va tanlovlar mahalla, sektor, tuman bosqishlarida bo‘lib o‘tadi.

                                                                        Abduvohid XOLTO‘RAYEV,

Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i