Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud topgan kun keng nishonlanmoqda

Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonga asos solgan, xalqimiz mehrini qozongan, xalqaro miqyosda tan olingan davlat va siyosat arbobi edi.

Bugungi kunda Muhtaram Yurtboshimiz  e’tibori va tegishli qarori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi. Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash ezgu an’anaga aylandi.

Islom Karimov, O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish,  demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi,  mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqdi,  yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘p millatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshladi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida totuvlik, turli Millatlar va diniy konfessiyalar aro hamjihatlikni yanada kuchaytirish,  qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish,  Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ko‘z qorachig’iday asrash Islom Karimovning asosiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.

Islom Karimov xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi!

 Eshmamat Ergashev,

  33-maktab direktori