MAHALLA YO‘LLARIDA ISH QIZG‘IN

Tumanimizdagi “Bo’ston” mahallasida tashabbusli budjet asosida 3 kilometr 400 metr masofadagi ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. Asfaltlash ishlari uchun 1 milliard 500 million so‘m pul mablag‘lari ajratilgan. Ushbu yo‘llar ta`miri to‘liq yakunlangach foydalanishga topshiriladi.

ONLAYN MULOQOT O‘TKAZILDI

 Qumqo‘rg‘on tuman ko‘zi ojizlar kutubxonasi xodimlari tomonidan ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan bir guruh shaxslar bilan onlayn tarzda muloqot o’tkazildi.Muloqotda ko‘zi ojiz shaxslarning savodxonligini oshirish va kitobga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish maqsadida kutubxonada «Brayl savodxonligi» to‘garagini tashkil etish bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi.To‘garakda ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan brayl alifbosini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, shart-sharoitlar tayyorlanayotgani, mashg‘ulotlarda qatnashish istagini bildirgan shaxslarni ro‘yxatga olish ishlari boshlanganligi aytildi.

YOSHLAR MUAMMOLARINI

              HAL ETAYLIK

Tumanda “og’ir toifa”dagi yoshlar muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etish bo’yicha tizimli ishlar bajarilmoqda. Tuman hokimi Anvar Normamatov hamda sektor rahbarlari ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar va ularga biriktirilgan mas’ullar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “og‘ir” toifadagi yoshlarga biriktirilgan tashkilot rahbarlarining ishlash holati, yoshlarning bandlik dasturlari ijrosi, norasmiy band bo‘lgan yoshlarni rasmiy band tarmog‘iga o‘tkazish bo’yicha qilingan ishlar muhokama qilindi. Ushbu “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlashda mas`uliyatsizlik bilan yondoshgan tashkilot rahbarlariga ogohlantirish berildi.

Shuningdek tuman rahbari tomonidan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishida mas`uliyat bilan yondashish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda intellektual jihatdan kamol topishini va ma`naviy rivojlanishini ta`minlashda mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

                                                      O‘z muxbirimiz