Fuqarolar mehnat qilib, manfaatdor bo‘lish huquqiga ega. Ularni ishga qabul qilish tartibi Mehnat kodeksiga asosan amalga oshiriladi. Buni ish beruvchi va ishga joylashmoqchi bo‘lgan fuqaro yaxshi tushunadi. Shunga qaramasdan nafsi buzuq, firibgarlik evaziga o‘zgalarning hisobigan moddiy manfaat izlovchilar borligi achinarli holat. Aqli raso odamlar har qanday qiyin paytda ham haqiqatdan voz kechmaydi. Ishga joylashtirish tartibini to‘g‘ri bajaradi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan jazolanadi.
Jarqo‘rg‘on tumanida 1958 yil 17 martda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli sil kasalliklar dispanserida shifokor lavozimida ishlagan D. Z. (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) firibgarlik jinoyatini sodir etdi. Xizmat mavqedan foydalanib, aldash oqibatida o‘zga fuqaroning mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qildi. Fuqaroni ishga qabul qildirish evaziga pora berishga dalolat qilish, soxta hujjatlarni tayyorlash kabi qabih ishlarni bajardi. Qumqo‘rg‘on tuman Imomtepa mahallasida yashovch shifokor Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro ayol R. P. ga (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishga va`da berdi. Bu ishxonaga ishga qabul qilish shifokorning vakolatiga kirmasada mehnat mavqedan foydalanishga urindi. Oilaviy sharoiti og‘irligi uchun ishga joylashmoqchi bo‘lgan ayoldan 300 AQSH dollari berishni talab qildi. Uning nomiga qalbaki yo‘llanma, forma-88, rentgen plyonka, ambulatoriya karta hujjatlarini qalbaki holda tayyorlab, ro‘yxatdan o‘tkazmadi. Ustiga ustak tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyasi rahbari va tibbiyot birlashmasi boshlig‘iga 100 AQSH dollari miqdoridagi pulni berib ishni hal qilaman, deb aldadi. Surxondaryo viloyat IIB tezkor xodimlari shifokor fuqarodan 3300000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi 2023 yil 20 yanvarda o‘z binosida ochiq sud majlisi o‘tkazib, shu jinoyat ishini ko‘rib chidi. Sud sudlanuvchi va jabrlanuvchining ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib, mavjud dalillarga baho berdi. Kodeksning tegishli moddalariga ko‘ra hukm chiqardi. Oq xalatiga dog‘ tushurgan shifokor D. Z. ga (ismi, familiyasi o‘zgartirildi) ozodlikni chelkash jazosi qo‘llanilib ma`lum muddat sutkaning kech soat 21.00 dan ertalab 6.00 ga qadar yashash joyidan chiqmaslik va bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
A. RAZIKOV,
viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i