Globallashuv-nima?

Globallashuv-lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, “dumaloqlashuv” “qurralashuv” ma`nosini beradi. Yer sharining  fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. Insoniyat taraqqiyoti ayni vaqtda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish jarayonidir. Yer shari hammamizga ma`lum, har jihatdan o‘zlashtirilgan, har kuni har burchagida nima bo‘layotgani barchamizga ma`lum bo‘lmoqda. Fan va texnikaning yutuqlari bu borada insonning imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.

Globallashuvning ijobiy tomoni – u xalqlarning, davlatlarning, milliy madaniyat va iqtisodiyotlarining yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Globallashuvning salbiy tomoni – ko‘p ming-minglab mayda, qoloq etnik guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusumlari jahon bo‘ylab kuchayib borayotgan globallashuv  jarayonlarinida katta millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha olmay,  o‘z-o‘zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy –zaboniy hayotdan chetga chiqib bormoqda.

Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi-o‘z millatining raqobatbardoshligini ko‘tarish, buning uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli yutuqlari uchun kurashishidir.

                                                     E. Mamatqulov,

Qumqo‘rg‘on tumani Xalq qabulxonasi yetakchi  mutaxassisi