O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi

Insoniyat tarixi – g‘oyalar tarixidir.

G‘oya – inson tafakkuri mahsuli, milliy g‘oya esa millat tafakkurining mahsulidir. Milliy g‘oya- inson va jamiyat hayotiga ma`no-mazmun bahsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmuidir.

Mafkura esa muayyan ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari,  orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimidir.

O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi-ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma`no-mazmunini belgilaydi. Har bir inson uchun muqaddas bo‘lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi.

Milliy mafkuramizning bosh g‘oyasida ozodlik tushunchasining ustuvor va yetakchi o‘rinda turishi Vatan mustaqilligi barcha orzu-intilishlarimiz, amaliy faoliyatimiz va yorug‘ kelajagimizning asosi ekanidan dalolat beradi. Milliy mafkura o‘z mohiyat e`tiboriga ko‘ra, jamiyat hayotining manaviy mezoni bo‘lib, tafakkur o‘zgarishi, odamlar ongida yangicha dunyoqarashning shakllanishi va ijtimoiy fikr rivoji uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.

                                                                            I. Umarov,

             Qumqo‘rg‘on tumani Xalq  qabulxonasi mutaxassisi