SHAXMAT VA SHASHKA MUSOBAQASI

Mahalladagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tashkilotlar rahbarlarining e`tiborida turibdi.  Qumqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi hamkorligida tumandagi probatsiya hisobida turuvchi yoshlar o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilarning topqirliklari va zehni, aql-idroklarini yana bir marotaba sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozara va tortishuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa so‘ngida g‘olib bo‘lgan yoshlarga tuman Yoshlar ishlari agentligining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.