Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

 Tuman madaniyat bo‘limida  madaniyat markazlari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yillik bayram tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda bo‘lim mudiri vazifasini bajaruvchi N. Hakimov  bayramga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tuman markazida va chekka hududlarida bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, madaniyat markazlarida tozalik va obodonlashtirsh ishlarini olib borish, shu bilan bir qatorda aholiga bayram kayfiyatini ulashish bo‘yicha bo‘limning tashkiliy-ijodiy ichki guruhiga, mas`ul xodimlarga tegishli topshiriqlar va vazifalar belgilandi. Tuman markazida katta bayram tantanasi o‘tkazilishi munosabani bilan barcha tayyorgarlik ishlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalar o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

                                                      N. Allanazarov,

                                       tuman hokimi o‘rinbosari