Soliq tushumlari va ijtimoiy soha rivojiga bag‘ishlan

Tuman hokimi Anvar Normamatov tuman tashkilotlari ishtirokida soliq tushumlari va ijtimoiy soha rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda mahalliy soliq tushumlarini undirish, quyosh panellarini o‘rnatish, ijtimoiy soha obyektlarining rivoji bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tuman hokimi mahallalarda soliq tushumlari barqarorligini ta`minlash, aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish va tadbirkorlarga ko‘mak berish zarurligi haqida ta`kidladi. Shuningdek, mas`ullarga har bir soha bo`yicha tizimli ishlarni yo`lga qo‘yish hamda budjet tushumlarini oshirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.