Probatsiya yoshlari e`tiborda!

Yoshlar yurt tayanchi. Mamlakatimizning  kelajagani yaratadigan, gullab-yashnashiga hissa qo‘shadigan yoshlardir. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish zamon talabidir. Biroq ayrim hollarda yot g‘oyalar ta’siriga tushib, oilaning nizolar yoxud boshqa sabablar tufayli jinoyat ko‘chasiga kirib qolib, xatoga yo‘l qo‘yayotgan yoshlar ham uchrab turibdi.

 Yigit-qizlar o‘smirlik chog‘larida hissiyotga beriluvchan hamda tez ishonuvchan bo‘lib qolishadi. Bu davrda yoshlar o‘rtasida kelib chiqadigan jinoyatlar soni ham oshadi. Ayni damda esa xatoga yo‘l qo‘ygan yigit-qizlarga ko‘mak berish zarur. Qumqo‘rg‘on tumani bo‘yicha 51nafar yigit-qizlar,  1 nafar voyaga yetmagan yoshlar probatsiya hisobida turadi. Ushbu yoshlar hamisha davlat e`tiborida. Bilib bilmay qilgan xatolarini tushunib ezgulik yo‘liga o‘tgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, jinoyat ko‘chasiga kirgan yoshlarni esa ularni bu yo‘ldan qaytarib, halol mehnatga jalb qilish maqsadida probatsiya xodimlari tomonidan qator say harakatlar olib borilmoqda.  Surxondaryo viloyati probatsiya bo‘limi rahbari va xodimlari tomonidan yil davomida har oyda bir marta har bir shahar va tumandagi probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.  Yashash tarzi yaqindan o‘rganilib, muammo va takliflariga quloq tutiladi. Qumqo‘rg‘on tumanida Surxondaryo viloyati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i R. Ro‘ziyev tumandagi probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlarning muammo takliflari tinglandi, ular tomonidan bildirilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

                     A. Qosimov,

tuman IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori, kapitan