TIBBIY JIHOZLAR TOPSHIRILDI

Viloyat hokimi Ulig‘bek Qosimov tumanimiz tibbiyot birlashmasida bo‘ldi. Shifoxona faoliyati, yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan tanishdi. Ta`mirlanayotgan binolarni borib ko‘rdi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida tumanlararo qo‘shma jarohatlar bo‘limi tashkil etish uchun kompyuter tomografiyasi, jarrohlik xonasi lampasi, olti dona bemorlar uchun mo‘ljallangan kreslo, 9 dona vazn o‘lchamli yotoqlar jamlamalari bo‘lgan jami 2,4 milliard so‘mlik tibbiy asbob-uskuna va jihozlar topshirildi.

Viloyat rahbari tibbiyot xodimlari bilan suhbatda aholiga sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta`minlash, barcha xodimlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishlari lozimligini ta`kidladi. Tuman mutasaddilariga shifoxona hududidagi qurilish-ta`mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish va muddatida yakunlash vazifasi yuklandi. Shunigdek, qurilish-ta`mirlash ishlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha mas`ullarga topshiriqlar berildi.