Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi bilan tanishildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanimizdagi 70-maktabda bo‘lib yangi 2023-2024-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, sinfxonalarning jihozlanishi, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yangi o‘quv yilida 1 sinfga qabul qilinayotgan o‘quvchilar uchun keltirilgan “Prezident sovg‘alari”ni ko‘zdan kechirdi.

Shu ta`lim muassasasida maktab direktorlari va ta`lim sohasi mas`ullari ishtirokida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayatgan ishlarni muhokama qilishdi. Tuman rahbarlari va soha mutaxassislariga ta`limga birinchi navbatdagi masala sifatida qarab, har bir maktabda tayyorgarlik ishlarini tizimli olib borish, mavjud muammolarni hal etish vazifasi topshirildi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun ta`lim-tarbiya jarayonlariga zarur sharoitlarni to‘liq yaratishni ta`kidladi.