Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil  davomida qabul qilingan murojaatlar buyicha tahlil etilgan umumlashtirma ma’lumot

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.

Jumladan, tuman adliya bo‘limiga 2023 yil davomida 189ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 69 tasi (37 foizi) sayyor qabullarda davomida qabul  qilingan.

Mazkur murojaatlarning 115 tasi shikoyat (60 foizi), 74 tasini, (39 foizi) arizalar tashkil etib, bo‘limga so‘rov va takliflar kelib tushmagan.

Ushbu 189 ta murojaatlardan 161 tasi bo‘limda (85 foizi) hal etilgan va 26 tasi (13 foizi) tegishliligi bo‘yicha o‘rganish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Bo‘limga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijalari bo‘yicha;

Kelib tushgan murojaatlarning 161 ta hal etilgan shundan, 123 tasi qanoatlantirilgan (77 foizi), 38ta (23 foiz) murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan  va 2 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

Bo‘lim xodimlari tomonidan kelib tushgan murojaatlarning 90 tasi,            (47 foizi) joyiga chiqib o‘rganilgan va murojaatlarni qonuniy o‘rganib chiqish uchun ma’lumotlar taqdim etish va mutaxassislarni jalb etish haqida 90 ta talabnomalar berilgan.

Bo‘limga kelib tushgan murojaatlardan hisobot davrining oxiriga qoldiq bo‘lib o‘tganlari mavjud emas.

Bo‘limga 2023 yilda takroran murojaatlar kelib tushmagan va murojaatlar anonim yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi uchun ko‘rmasdan qoldirilmagan.

Tuman adliya bo‘limiga hisobot davrida kelib tushgan murojaatlar tahlil etilganda, 189 ta (100 foizi) inson huquqlarini himoya qilish sohasida) oid murojaatlarni tashkil etadi.

Xususan ushbu 189 ta inson huquqlarini himoya qilish sohasida oid murojaatlarning xususiyatiga ko‘ra, 1 tasi qonun hujjatlariga tushuntirish berish va 29 tasini mehnat nizolariga oid, shundan 23tasi oliylik ish haqlarini to‘lab berishga oid, 29 ta ijtimoiy himoyaga doir hujjatlar, 1 ta uy-joyga doir qonun xujjatlarni tushuntirish,2 ta kommunal to‘lovlar soxasiga oid  va 127 ta boshqa soha murojaatni tashkil etadi.

Shikoyat arizalarni qanoatlantirish maqsadida 8ta taqdimnoma kiritilib taqdimnomaga asosan .888 000 000 so‘m  undirildi, 88ta ogohnoma kiritildi va 8ta mansabdor shaxslarga intizomiy jazo tayinlandi. Bundan tashqari, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarga o‘z vaqtida javob berilmaganligi buyicha va xodimlarning mexnat qonunchiligi talablari buzilganligi sababli 5ta ma’muriy taklif kiritildi va mansabdor shaxslar ma’muriy jarimalarga tortildi.

 Tuman adliya bo‘limi tomonidan sudlarga 60ta da’vo arizalar 4 341 000 000 so‘mga kiritildi va shunlardan 55tasi 2 427 000 000 so‘mga qanoatlantirildi.

Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha 2023 yil davomida 60 (31 foiz) ta da’vo arizalar fuqarolik sudiga kiritildi  va 2 219 678 292  so‘m undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilindi.

Bo‘limga kelib tushgan murojaatlar Azlarsoy, Do‘stlik MFYlardan 9tadan,

Neftchilar, Gultepa MFYlar – 7 tadan,

Bobolochin, Paxtaobod  MFYlarda – 6 tadan,

 Yangiyer, To‘g‘on, Bo‘ston, Ariqoshgan, Jiydali MFYlar – 5tadan, Guliston, Yuksalish, Yangiavlod, Boymoqli, Arpapoya, Jaloir, Yangiavlod, Yangiobod, Joziba,  Jarqishloq, Yangishaxar MFYldarda – 4tadan,

Bog‘aro, Xujaqishloq, Besh Kaxramon, Uyas, Jiydali, Mexrabod, Yangiqishloq, Islomobod, Besh Kaxramon, Uyas, Kindiktepa, Mexrabod, Yangiqishloq, Islomobod, MFYlardan – 3tadan,

Tayfang, Xo‘jamulki,Jarqishloq, Elobod, Arslonboyli, Imomtepa, Kindiktepa, Nurli diyer, Xalqobod, Sheroziy, Davlatsoy MFYlardan – 2 tadan,

 Surxon sohili,  Oqsoy, Xurriyat, Kuganli, Xalaki, Bobotog, Navbaxor, Mustaqillik, Munchoktepa, Qarsoqli, Achamoyli, MFYlardan – 1tadan  to‘g‘ri kelgan.

         Kelgusida tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2023 yil MFYlar orasidan eng ko‘p kelib tushgan 3ta MFYga birinchi navbatda sayyor qabullar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Bo‘lim bosh maslahatchisi   D.Xudoyqulova