NOMLARI O‘ZGARDI

Tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli joy nomlarini o‘zgartirish Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani Kengashining qarorlari asosida amalga oshirildi. 2022-2023 yillarda tuman huqudidagi 11 ta qabristonning avvalgi nomi o‘zgartirilib, yangi nom bilan ataldi. 2022 yil 24 mayda Kattako‘l mahallasidagi Sherali ota nomi Sherali, Kindiktepa mahallasidagi Mamatqul shohid nomi Ko‘charsoy, Tayfang mahallasidagi Turmamat shohid nomi Tayfang, Do‘stlik mahallasidagi Birodorlik nomi Birodorlik-1, Ko‘ganli mahallasidagi Nurmamat ota nomi Naqshbandiy nomlariga almashtirildi.

2022 yil 5 sentabrda Saxovat mahallasidagi Boyvucha shohid o‘rniga Cho‘ponota, Guliston mahallasidagi Hojatbaror o‘rniga Qosimxon hoji eshon, Elobod mahallasidagi Ornali o‘rniga Muxtorxon eshon hoji, Cho‘kirli mahallasidagi Bajdir o‘rniga Tursunxon eshon deb nom berildi. 2022 yil 7 dekabrda Yangi hayot mahallasidagi Yangi hayot qabristoni o‘rniga Mullo Abdug‘affor hoji nomi qo‘yildi. 2023 yil 7 yanvarda Neftchilar mahallasidagi Birodorlik qabristoni Mangulik deb nomlandi.

Fuqarolardan bu muqaddas qadamjoylarni yangi nomlar bilan atashni so‘raymiz.

                                                                                                                                                  Jamshid QUDRATOV,

  tuman Obodonlashtirish boshqarmasi infratuzilma obyektlarini saqlash bo‘limi boshlig‘i