SILAI RAHMNING KUCHI

Qadimda  ikki oshna safarga chiqibdi. Safar asnosida birining singlisi yashaydigan qishloq yonidan o‘tayotib, qo‘lini  bigiz qilib ko‘rsatib ana shu  qishloqda mening singlim yashaydi debdi.  Alxalos shu inson vafot etibdi.  O‘lgan kishi do‘stining tushiga kiribdi. Tushida do‘zaxga kuyib yotgan emish. Faqatgina singlisining uyini ko‘rsatgan qo‘li kuymayotgan emish. Do‘sti buning sababini so‘rasa,  shunday deb javob beribdi:  -Esingda bo‘lsa, sen bilan birga safar qilganimda singlimning uyini qo‘lim bilan ko‘rsatgan edim. Shu sabab ko‘rsatgan qo‘limdan  boshqa joyim kuyayapti.  Umrimda hech bir shu singlimning uyiga borib silai rahm qilmagan ekanman deb javob bergan ekan. Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, singlisining uyini ko‘rsatgani uchun bir qo‘li do‘zaxda kuymayotgan bo‘lsa silai rahmni bog‘lab yurgan akaning tanasini umuman do‘zax o‘ti tegmagay. Xulosa qilish esa sizdan.

                     Baxtiyorxon Abduzoirov,

tumandagi «Abu Bakr Siddiq» jome’ masjidi imom hatibi