Xalq salomatligi ilk mezonimiz

Xalq salomatligi va sog‘lom millat genofondi har bir davlatning muhim boyligi sanaladi. Shu bois, mamlakatimizda aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishi sifatida e‘tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yurtimizda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, malakali tibbiy kadrlar salohiyatini oshirish, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yangicha mazmun kasb etyapti.

Qumqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida ham bemorlar hamda fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Barchamiz ish faoliyatimiz davomida yuqori natijalarga erishishimizda rahbarning hissasi katta bo‘ladi. O‘zining maslahatini ayamagan, yordam kerak bo‘lganda ko‘ksidan itarmagan rahbargina jamoa bilan doim yuqori marralarni zabt etadi. Norali Xidayev tuman tibbiyot birlashmasiga rahbar bo‘lganiga ko‘p bo‘lmasada jamoasi bilan sog‘lom muhit yaratib  bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishni boshladi. Ish faoliyatining ilk kunlarida bemorlarning yotib davolanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Ilk manzili Umumiy jarrohlik bo‘limi bo‘ldi. Har bir palataga kirar ekan bemorlar bilan yaqin insonidek, samimiy muloqotga kirishdi. Kasallik tarixi hamda qilinayotgan muolajalar bilan birma – bir tanishdi. Tibbiyot birlashmasi tomonidan ajratilgan dorilarning qaysilari berilayotganligi va necha foiz dori o‘zlari tomonidan olib kelinayotganligini har bir bemordan alohida so‘rab o‘tdi. Zarur bo‘lgan qo‘shimcha muolajalar bemorlarga ko‘rik davomida qo‘shildi.

Sharoit yaxshi bo‘lsa natija yuqori bo‘ladi

Ushbu bo‘limda faoliyat olib borayotgan shifokorlar, hamshiralar, kichik tibbiyot xodimlari bilan ish faoliyatida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi hamda o‘z takliflarini aytib o‘tdi. Bemorlarga ko‘rsatiladigan birinchi yordam ko‘rsatilishi, zarur dorilar saqlanadigan xonalarning holati o‘rganildi.

                                       Ma’lumot uchun

Umumiy jarrohlik bo‘limi 43 o‘ringa mo‘ljallangan. 3 nafar vrach  Xo‘shboq Anarov, Ahmad Qarorov, Murod Xasanovlar bemorlar bilan ishlashadi. Hamshiralar navbatchilik asosida bemorlarga muolajalar qilishmoqda. Toza, ozoda joyda albatta baraka bo‘ladi. Toza choyshablar, ozoda xonalarda yotishga nima yetsin. Bunda kichik tibbiyot xodimlarining o‘rni beqiyos.

Jarrohlik xonasi sog‘lig‘imiz tayanchi

Tanishish davomida jarrohlik xonasi ham e’tibordan chetda qolmadi. Vrachlarning operatsiyadan oldin yuvinish xonasiga kirishlari hamda dezinfeksiyadan o‘tishlari lozim bo‘lganliklari uchun holat o‘rganildi. Operatsiya jarayonida insonlarning hayoti ga, sog‘lig‘iga zarar yetkazmasliklari uchun barcha asbob – uskunalar sterilizatsiyadan qilingan bo‘lishi kerak. Zarur bo‘lgan tibbiyot jihozlari ta’minlangan bo‘lishi darkor. Norali Xidayev  jarroh vrachlardan bu boradagi takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

      Bir  o g`iz  shirinso‘zning o‘rni

Bemorlar bilan ko‘rik jarayonida ushbu bo‘limda turmush o‘rtog‘i bilan yotgan kelinchak e’tiborimizni tortdi. Aytishicha turmush o‘rtog‘i og‘ir kasallik bilan kurashib kelmoqda. Uzoq vaqt yotganidan hatto yotoq yaralar ham chiqib qolgan ekan.Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari N.Xidayev turmush o‘rtog‘i tez orada sog‘ayishini, bu kunlani ko‘rmaganday bo‘lib ketishlarini, muolajalarning barchasi tibbiyot birlashmasi hisobidan berilishini aytdi. Ayolning ko‘zlarida porlagan quvonchni hech qanday so‘z bilan ta`riflab bo‘lmaydi. Insonning ko‘nglini ko‘tarish uchun bir og‘iz shirin so‘z kifoya qiladi.

  Reanimatsiya bo‘limi tibbiyotning yuragi 

Kattalar uchun mo‘ljallangan reanimatsiya bo‘limida bo‘lib bemorlar hamda navbatchi vrachlar bilan muloqotga kirishildi. Olib kelinganiga ko‘p bo‘linmagan zamonaviy telemeditsinani ishlatishni qanchalik darajada bilishlari so‘raldi. Har bir vrach favqulotda vaziyatlarda lozim bo‘lganda Respublikadagi malakali vrachlar bilan bog‘lanib bemorlarga ularning tavsiyasi bilan yordam ko‘rsatishlarida telemeditsinaning o‘rni beqiyosligini eslatdi va barcha bu haqda bilishlari lozimligi topshirig‘i berildi.

Sog‘liqni saqlash tizimining murakkabligi shundaki, u bevosita inson salomatligini muhofaza qilish, hayotini asrab qolishdek o‘ta mas`uliyatli faoliyat bilan bog‘liq, — deydi N. Xidayev. – Albatta, bugun dunyoda tibbiyot sohasi juda rivojlanib bormoqda. Turli kasalliklarga qarshi kurash, ularni bartaraf etishga qaratilgan nozik jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish borasida erishilgan tajribalar ham ortib, yangi tibbiy texnologiyalar kirib kelyapti.

Ammo eng asosiy masala – ana shu yutuq va tajribalardan, mavjud tibbiy texnologiyalardan oqilona foydalanishda.

                                                                   Rayhon MENGZIYAYEVA,

                                                                 tuman Kengashi deputati