QAROVSIZ QOLGAN ITLAR

Azaldan odamlar uy hayvonlarini parvarishlab kelishmoqda. Shuning uchun qo‘ylar va itlar uyda boqiladigan hayvonlar turiga kirishi sababli hamma odatdagi holat deb tushunadi. Albatta, odamlar bu kabi uy hayvonlarini parvarishlashning o‘ziga xos jihatlarini bilishi va amali qilish zarur. Itning uy qo‘riqchisi, begona kishilrning kelganligini ma`lum qiluvchi vafodor hayvon ekanligi xonadon sohiblarini ko‘p marta xursand etgan. Qo‘ylar esa go‘sht, tovar moddiy boylik sifatida boqilayapti. Qo‘yning juni, go‘nggi, terisidan ham foqdalanishmoqda.

Keyingi paytda negadir itlarni parvarishlashda e`tiborsizlik paydo bo‘ldi. Oqibatda itlar galasi uy haqvoni bo‘lgan qo‘ylarni tishlab, go‘shtini g‘ajiyapti. Molxonada saqlanayotgan qo‘ylarga ziyon etkazib tanasini jarohatlayapti. Bundan xavotirlangan uy egalari qo‘yni o‘lmasdan so‘ysa-da kasallanishdan qo‘rqib go‘shtini yeyaolmayapti.

Ular tegishli tashkilotlar va fuqarolarga aytayapti. Qarovsiz itlarni yo‘qotish choralari ko‘rilayapti. Itlar tishlab qo‘ylarning nobud bo‘layotganligi bir necha marta sodir bo‘ldi. Ammo, gala-gala itlar ko‘chalarda, aholining yashash uylari yaqinida bemalol to‘planayapti. Jabr ko‘rgan uy egalari esa molxonasi ichida dag‘-dag‘ titrayotgan, quloqlari dikirayib xurkayotgan qo‘ylarini qo‘riqlash bilan ovora.

Hukumatimizning  qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish maqsadida chora-tadbirlarni e`lon qilgan. Shu asosida tuman hokimining  qarori chiqqan. Unda tuman obodonlashtirish bo‘limi huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limining asosiy vazifalari belgilangan.  Hozir tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limi faoliyat yuritmoqda. Uch nafar xodim ishlayapti. Ular transport vositasi, it saqlash xonasi, qafas, ilmoqlar va boshqa asbob-anjomlarga ega.  Shu bo‘lim xizmatchilari aholi va mahalla faollarining murojaatlari asosida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutib, qafaslarda, it saqlash xonasida saqlayapti. Zarur chog‘da ruxsatnoma bilan qarovsiz hayvonlarni yo‘q qilayapti.

Aholi itlarini bog‘lab boqmaganligi sababli va tug‘ilgan kuchuklarni duch kelgan joyga tashlab ketayotganligi oqibatida itlarning ko‘payish ehtimoli yuqori bo‘lmoqda.             Aholi punktlarida itlarni bog‘lagan holda saqlash, bir yilda bir marta veterinariya bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tkazish, qutirishga qarshi har yili emlatish zarur.

Qarovsiz qolgan hayvonlarni tunish va yo‘q qilish uchun  tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limga murojaat qilinadi. Bunda aholi +998972279588 telefon raqami vositasida yoki mahalla raisining bildirish xatiga asosan  zarur ishlar amalga oshiriladi.

  1. ALIQULOV