Voyaga yetmagan bolalarni ota-onaning ruxsatisiz ularning ruxsatisiz yoki ularning mas’uliyatsizligi oqibatida chet elga olib chiqib ketilayotgan bolalar yuzasidan kelib chiqayotgan salbiy oqibatlar xususida

Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish jarayonida voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasi yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslardan tilxatlar olish amaliyoti joriy etilib, voyaga yetmagan bolalarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish davrida ularning ota-onalariga keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ota, ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish, chet davlat hududida turgan bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishini ta’minlamaslikning salbiy oqibatlarga olib kelayotganligi ya’ni, so‘nggi vaqtlarda yoshlarning diniy ta’lim olish uchun xorijiy davlatlarga (Misr, Turkiya va boshqalar) chiqib ketishi ommalashib borayotganligi, ota-onalar farzandini yozgi ta’til davomida xorijga yuborsa, ayrimlari maktab yoshdagi bolani, go‘yoki o‘qishni davom ettirish bahonasida bola o‘qiyotgan ta’lim muassasidan chiqarib olib, xorijga yuborish holatlari uchrayotganligi, yuborilayotganlar orasida maktab yoshiga yetmagan va maktabga chiqib ulgurmaganlar ham bor.

Misr Arab Respublikasi miqyosida, rasmiyatchilik uchun bolani shu mamlakatdagi biron bir maktabga joylashtirib, ayrim hollarda esa o‘sha mamlakatda o‘qiyotganligi bo‘yicha soxta hujjatlar taqdim etilayotganligi kuzatilmoqda, aslida Qohira shahrida xonadonlar sharoitida ochilgan hujralar yoki xususiy ta’lim muassasalarida dindan tahsil olib kelishi holatlari uchrab turganligi, Misrning Qohira va boshqa shaharlarida faoliyat yuritayotgan muassasalar va xujralarning o‘quv dasturi va ulardagi sharoitlar ta’lim standartlariga javob bermaslik bilan birga, o‘quv jarayonlarida jismoniy kuch va boshqa nostandart metodlar qo‘llanishi bola psixologiyasiga salbiy ta’sir qilib kelayotganligi, bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar natijasida, ayni paytda Misrda O‘zbekistonlik bolalarni xujra sharoitida diniy o‘qitishni tashkil qilgan 16 nafar diniy-ekstremistik oqimlarga aloqasi bo‘lgan vatandoshlarimiz aniqlangan.

2022 yilning oktabr oyi holatiga ko‘ra, 3 ming 198 nafar voyaga yetmagan bolalar misr hududida bo‘lib, ulardan 2,5 mingdan ortig‘i begona shaxslar qo‘lida bo‘lib kelayotganligi, bundan 144 nafari diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlari faoliyatiga aloqadorligi aniqlangan, ayrimlari esa jinoyat ishlari figuralari hisoblanmoqda.

Ota-onalarning mas’uliyatsizligi qatorida, xorijda yurgan o‘quvchining darsda qatnashayotgani to‘g‘risida ayrim maktablar ma’muriyati va o‘qituvchilarining soxta davomat yuritib, baholar qo‘yib borishi bilan mazkur holatlarni moddiy manfaatdorlik evaziga xaspo‘shlanayotgani tashvishlanarli hol. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarning qarovsiz qoldirilishi oqibatida giyohvand moddalar iste’moliga berilib ketish holatlari aniqlangan.

Ushbu muammolardan tashqari, oilada kelib chiqqan turli muammolar, ota-onalarning birga yashamasligi, ajrashganligi bois ota yoki ona farzandlarini chet elga olib chiqish maqsadida turli sabablar asosida turmush o‘rtog‘iga xabar bermasdan (yoki uni chet elda bo‘lganligi sababli) notarius idoralari tomonidan taqdim qilinadigan bolani chet elga olib chiqishga ruxsat beruvchi ishonchnomalarni qalbakilashtirib, tuman M va FRB idoralariga murojaat qilgan holda, farzandlariga xorijga chiqish biometrik pasportini olmoqdalar. Ushbu holatlarning ko‘pchiligiga chora ko‘rilmasdan, latent jinoyat sifatida qolmoqda. Vaholanki, bolani xorijga olib chiqilayotganida ikki tomon (ota yoki ona) xabardor bo‘lmasligi yoki bolani chiqishga rozilik bermayotgan bo‘lishi mumkin.               

Shu bilan birga, bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilashga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi  Qonuni davlat Rahbari tomonidan imzolandi (2023 yil 31 yanvarda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2023 yil 2 martda Senat tomonidan ma’qullangan). Qonunga ko‘ra Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 476-modda bilan bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish uchun ma’muriy javobgarlik (3 mln so‘mdan 15 mln so‘mgacha jarima) belgilandi va Jinoyat Kodeksida yangi 1121-modda bilan mazkur qilmish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran sodir etilgan yoki sud tomonidan belgilangan muddatda bolaning qaytarilishi ta’minlanmagan bo‘lsa, 15 mln so‘mdan 30 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi belgilanganligini aytib o‘tishimiz darkor.

Shu boisdan ota-onalardan farzandlarini xorijga yuborishda ehtiyotkor bo‘lishi, o‘qishga yuborayotgan manzilini, o‘quv dargohini to‘liq surishtiruvdan o‘tkazib aniqlik kiritgandan so‘ng yuborishlarini so‘rab qolamiz.

       Elbek Xo‘shboqov,

tuman IIB M va FRB inspektori