JARAYON

Tumandagi Arpapoya mahallasida joylashgan 28-DMTT da Maktab va Maktabgacha ta’lim tashkilotining «Yozgi sog‘lomlashtirish va ko‘kalamlashtirish» yuzasidan tuman amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Semenarda Qumqo‘rg‘on tumani Maktab va Maktabgacha ta’lim mudiri Ramozon Normurodov, Inson resurslari shuba metodisti O‘rol Omonqulov, Maktab va maktabgacha ta’lim shuba mudiri Muxriddin Nomozov hamda tumanimizdagi Maktab  va Maktabgacha ta’lim bog‘cha mudiralari ishtirok etishdi.

Semenar turli raqslar va sahna ko‘rinishlari bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

                                                  Nilufar Choriyeva