Suv bayrami bolajonlar uchun

Tumanimizdagi 4-Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida “Suv hayot manbai” shiori ostida “Suv bayrami” o‘tkazildi. Bolalarda quvnoq kayfiyat yaratilib suvning ahamiyati haqida bilimlari oshirildi.

 Bolajonlar musiqa hamrohligida suv to‘ldirilgan bolalar uchun mo‘ljallangan basseynlarda qarmoq yordamida baliqlar tutishdi, pufakchalarda maza qilib o‘ynashdi.

Tarbiyachilar tomonidan ijro etilgan suv malikasi timsoli bolalarga suv haqida topishmoqlar aytib, javobini to‘g‘ri topgan ishtirokchilarga shirinliklar hamda mevalar berib rag‘batlantirildi.

                                                     Norbibi Xalilova,

                                                      musiqa rahbari

                                                Nazokat Raxmatova,

                                                            Tarbiyachi