“Muruvvat” internat uyi faoliyati bilan tanishild

Viloyat hokimi hududlarga tashrifini Qumqo‘rg‘on tumanida davom ettirib, 2020 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyida bo‘ldi. Viloyat rahbari muassasada nogironligi bo‘lgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning yashashi, ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, bolalarning mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishdi va ularga sovg‘alar topshirildi.

Tuman mutasaddilariga muassasada bolalarning yashashi, ta’lim va tarbiya olishlari hamda davolanishlari uchun mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning holidan doimiy xabar olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va yig‘ilish bayoniga asosan tashkil etilgan Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyi 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda muassasada 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan, bolalikdan nogiron, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar istiqomat qilib kelmoqda.            

  Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati