Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘iga asosan Qumqo‘rg‘on tumani hokimi Anvar Normamatov rahbarligida 1-sektor hududidagi 20 ta mahallalarda tizimli ishlarni amalga oshirish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘ini beshligi ishtirokida yig’ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. Ularga tuman hokimi tomonidan mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholi yashash sharoitini yaxshilash, fuqarolarning bandligini ta’minlash va murojaatlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha topshiriq berildi.
Shuningdek, mahalla hududida obodonlashtirish va tozalik ishlarini olib borish va infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.