2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ham mulk, ham yer solig‘i to‘lashi shartmi?

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mol-mulkining 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 436-moddasiga binoan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilingan.

Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Qumqo’rg’on tumani Adliya bo’limi inson huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi Xudayqulova Dilorom.