Yangilangan Konstitutsiyamiz – xalqimiz farovonligi garovidir

 Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda ro‘y berayotgan geosiyosiy vaziyatlar, eng avvalo, mamlakatimizni kelgusidagi rivojlanishda Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi va unda belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda nafaqat qonunlarimizni mustahkamlashni, shu bilan birga, Bosh qomusimizda ham inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan normalarni yanada takomillashtirib, bugungi zamon talablariga moslashtirish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etayotgandi.  Yangi O‘zbekiston tarixida ilk bor fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar inobatga olinib yangilangan tahrirdagi Konstitutsiyamiz umumxalq referendumi orqali qabul qilindi.

Bizga ma’lumki, Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida bugungi globallashuv jarayonida yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz manfaatlarini to‘laqonli himoya qilgan holda mamlakat taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan alohida ikki yo‘nalish va uning doirasida amalga oshirishga qaratilgan maqsad va vazifalar belgilandi. Bu esa, o‘z navbatida, qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarimizda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz bosh g‘oya bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan, biz davlat xizmatchilari joylarda yurtdoshlarimiz bilan o‘tkazilayotgan har bir muloqot va uchrashuvlarda Yangi O‘zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti, fuqarolarimiz turmush tarzini yuksaltirish yo‘lida qabul qilinganligi, yangidan qabul qilinadigan  qonunlarimiz uchun yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qilishini ushbu yo‘nalish va unda belgilagan maqsadlar bugungi zamonga mos holatda bajarilishiga xizmat qiluvchi qonun va qarorlarning hayotiyligini ta’minlashi shubhasiz ekanligi tushuntirishimiz faoliyatimizning ustivor vazifalaridan biri bo‘lmog‘i lozimdir.

                                                                                            R. Gulmatova,

                                  Qumqo‘rg‘on tuman FHDYO bo‘limi  2 toifali inspektori